"Barselona" prezidenti "Jirona" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng dahshatga tushdi

Alisher
5 may 2024, 11:51
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Jirona"ga qarshi Ispaniya chempionati 34-tur doirasidagi o'yindan so'ng g'azabda edi.

Eslatib o'tamiz, o'yin Jironadagi "Munisipal de Montilivi" stadionida bo'lib o'tdi va mezbonlarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Laporta o'yindan so'ng stadion atrofida "Bu bo'lishi mumkinmas" deb baqirdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu o'yindan so'ng "Real" muddatidan avval Ispaniya chempioni bo'ldi. "Barsa" esa turnir jadvalida "Jirona"ni o'tkazib yuborib, 3-o'ringa tushib qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BarcaUniversal