"Barselona" prezidenti: "Buskets MLSga ketishni istayotganini yashirmadi"

Оқил Абдубарноев
10 fev 2023, 22:01
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Serxio Busketsning kelajagi haqida gapirdi.

"Yanvar oyida Busketsga MLSdan taklif bo'lgandi, u buni hech qachon bizdan yashirmagan. U o'zini AQSHda sinab ko'rmoqchi.

Serxio shu yilning yanvar oyida jamoadan ketishi mumkin edi, lekin u klubda qolishga va mavsumni biz bilan yakunlashga qaror qildi. Agar Buskets yangi mavsumda ham "Barselona"da davom ettirishni maqul ko'rsa, yozda ushbu masalani muhokama qilamiz", - dedi Kataloniya klubi prezidenti.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal.com