"Barselona" posbonini "Arsenal"ga qo'yib yubormaydi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021, 13:52
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanning aytishiga ko'ra, darvozabon Neto ushbu mavsum yakuniga qadar jamoada qoladi.

Oldinroq 31 yoshli futbolchiga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi.

"Bu haqiqat. Uning vakili ketish haqida iltimos bilan chiqdi, biroq bunga rad javobini berdik. Chunki Neto bizga kerak. Biz har bir poziciyada raqobat bo'lishini istaymiz", - dedi Kuman.

Netoning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal