"Barselona" posboni qo'l suyagini sindirib oldi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2019, 01:37
Joriy yozda Valensiyadan Barselona safiga o'tgan darvozabon Neto jarohat oldi.

Bu haqda kataloniyaliklarnin rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Manbaga ko'ra, braziliyalik kiper qo'l suyagini (kaft va tirsakning birlashgan qismi) sindirib olgan va endi u 5 haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. 

Bugun, yani, dushanba kuni jamoa 30 yoshli braziliyalik posbonni tibbiy tekshiruvdan o'tkazadi va davolanish hamda tiklanish vaqtlari to'g'risida aniq ma'lumot beradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com