"Barselona" Pogbani xarid qilishga yaqin

Aslanov Jasurbek
2 may 2015
"Barselona" "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilishga yaqin turibdi.

Xabarlarga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola Barselonada Kataloniya klubi bilan muzokara o'tkazdi. Pogbaning o'zi ham "Barselona"ga o'tmoqchi. Ko'k-anorranglilar yozgi transfer oynasida Pogbani sotib olishi mumkin.

Ayni damda "Barselona"da FIFAning cheklovlari mavjud va ular sotib olgan futbolchi 2016 yilgacha Kataloniya klubi safida maydonga tusha olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com