"Barselona" Pogba uchun juda katta mablag' taklif qilmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2015, 20:50
"Barselona" murabbiylar shtabi "Yuventus"dan Pol Pogbani xarid qilishga umid qilyapti.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi transfer qo'mitasi vakili Ariedo Brayda shu kunlarda "keksa sinora" bosh direktori Juzeppe Marotta bilan uchrashdi. Turinliklar vakilining so'zlariga ko'ra, "Yuventus" Pogba borasida faqat "Barselona" va "Manchester Siti"dan taklif olgan. Ingliz klubi futbolchi uchun katta mablag' taklif qilyapti, ispan grandi esa bunday katta pul sarflamoqchi emas. Pogbaning o'zi kelasi mavsumni "Yuventus"da o'tkazmoqchi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com