"Barselona" Pedri uchun "Las-Palmas"ga 18 million evro to'lab berdi

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2024, 11:50
"Barselona" "Las-Palmas"ga xavbek Pedri uchun qo'shimcha 18 million evro to'lab berdi.

Bu kelishuvda ko'rsatilgan bonus pullari hisoblanadi. Kataloniyaliklar futbolchini 2019 yil 5 mln evaziga sotib olgan, ammo uning muvaffaqiyatlari sobiq jamoasiga qo'shimcha pul ishlab olish imkonini berdi.

Transferning umumiy summasi 23 mlnni tashkil qildi.

E'tiborlisi, "Las-Palmas"ning Pedrining ehtimoliy transfer summasidan 15%ni oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS