Flik Yamal qachon maydonga qaytishini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
29 noya 2024
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kataloniyaliklar va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal La Liganing 15-turidan o'rin olgan "Las-Palmas"ga qarshi o'yinga tayyor ekanligini aytdi.

"Lamin Yamal qaytdi va o'ynashga tayyor. Hozircha u maydonga tushadimi yoki yo'q, bir qarorga kelganimiz yo'q, lekin u o'ynaydi", – dedi Flik.

Yamal ushbu mavsum La Ligada 12 o'yinda maydonga tushib, 5 ta to'p kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi, YCHLda esa 4 o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. 17 yoshli vinger "Barselona"ning so'nggi 5 ta uchrashuvini o'tkazib yuborgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com