"Barselona" o'ziga yangi bosh murabbiy izlashni boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
15 sen 2021, 17:20
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yangi murabbiy izlashni boshlab yubordi.

Ronald Kuman va prezident Joan Laporta o'rtasidagi munosabat har qachongidan yomonlashgan. Tunda YCHL 1-turidagi mag'lubiyat ("Bavariya"dan 0:3) vaziyatni yanada yomonlashtirgan.

Mag'lubiyatdan keyin Kuman tarkibdagi zaif nuqtalarga va jamoa o'tish davrida ekanligiga e'tiborni qaratgan. Bu so'zlar direktorlar kengashiga yoqmagan va ular mutaxassis bilan xayrlashish haqida jiddiy o'ylab qolishdi.

Aytishlaricha, bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Xordi Kroyf bajarib turishi mumkin.




O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru