"Barselona" o'yinchisi "Valensiya"ga o'tishga yaqin

Alisher
12 avg 2019, 11:02
"Valensiya" "Barselona" yarim himoyachisi Rafinyani xarid qilishga yaqin.

Bir yildan so'ng Rafinyaning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi. Shu sababli, kataloniyaliklar o'yinchini 11 million evroga sotishga rozi bo'lishdi. 

"Ko'k-anorranglilar" uni turli yillarda "Selta" va "Inter" klublariga ijaraga bergan.

Yarim himoyachi allaqachon "ko'rshapalaklar" bilan og'zaki kelishuvga erishgan. 

Futbolchi yakunlangan mavsum Ispaniya chempionatida 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports.es.