"Barselona" o'yinchilari Grizmanni jamoada ko'rmoqchi emas

Tolibjon Qosimov
11 apr 2019, 15:25
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning "Barselona" a'zosiga aylanish imkoniyati kamayib bormoqda.

Bu haqda "Cadena Ser" ma'lumot tarqatdi.

Endi futbolchining transferiga kataloniyaliklar o'yinchilari qarshi chiqishlari mumkin. Gap shundaki, o'tgan yil deyarli kelishuvga erishilganiga qaramay Grizmann "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishni rad etgan edi. "Barselona" a'zolari Antuanning bunday qaroridan norozi bo'lishgan va uni qabul qilmasliklari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Cadena Ser