"Barselona" MYUga kerak bo'lmay qolgan yana bir futbolchining transferiga 70 million evro sarflashga tayyor

Khoja
28 okt 2025, 10:41
"Barselona" "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni sotib olishi mumkin.

“Barselona” skautlari angliyalik futbolchini Fransiya chempionatining 8-turida “Gavr” ustidan qozonilgan g'alaba (6:2) vaqtida kuzatishgan. Grinvud ushbu bahsda 4 ta gol urishga erishgandi. Futolchining transferi Kataloniya klubiga 70 million evroga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, angliyalik hujumchining Fransiya jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsum Grinvud 12 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va yana 4 ta golga assistlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: The Sun