"Barselona" muxlislari "Real"ga qarshi uchrashuvda Suaresni maydonda ko'rishmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2014, 12:44
"Barselona"ning ko'pchilik muxlislarining firkicha, jamoa hujumchisi Luis Suraes "Real"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi kerak.

Bu haqida "El Mundo Deportivo" nashri so'rov o'tkazgan. Navbatdagi Ispaniya "klassiko"si 25 oktyabrda bo'lib o'tadi va o'sha o'yinda Luis Enrike shogirdlari mehmonda harakat qilishadi.

So'rov natijalariga ko'ra, ko'pgina muxlislar Luis Suaresni "Real" bilan o'yinda ko'rishni istaydi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta ham Suarseni o'yinga tayyorligini ma'lum qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com