

Diario Sport nashri ma'lumotiga ko'ra, "Barsa" 21 yoshli futbolchining transferi bo'yicha o'tgan yozdayoq aloqaga chiqqan. Biroq, o'shanda "Monako" futbolchi uchun 60 million evro so'ragan va uni sotishni istamagan.
Kataloniyaliklar klubi murabbiylar shtabi va rahbariyati braziliyalik futbolchini mavsum mobaynida kuzatib bordi va uning kuchayganini ko'rdi. Klubda u Xavining o'yin sxemasiga mos keladi deb hisoblashmoqda.



