"Barselona" Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi

Nadirkhuja Yuldashev
2 yanv 2014, 23:42
Va nihoyat Argentinalik yulduz Leo Messi yangi shartnomasi borasida "Barselona" bilan kelishib oldi.
"Football Espana"ni ma'lum qilishicha Messi endi Kataloniya klubidan yiliga 21 million evro miqdorida maosh oladi. Shartnomani amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan.

Aslida Messini klub bilan yangi bitimga imzo chekkaniga ko'p bo'lmagan edi. Unga ko'ra hujumchi 2018 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilishi lozim bo'lgan. Ammo Neymarga belgilangan maosh to'rt karra oltin to'p sohibini klub rahbariyatiga murojati qilishga majbur etdi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: football.kulichki.com