"Barselona" Mata bilan bog'landi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019
"Barselona" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata yaqinlari bilan bog'landi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchining otasi va agenti katta Xuan Mataga qo'ng'iroq qilgan. Ko'k-anorranglilar futbolchini yozda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Barselona"ning fikricha, 30 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma tuzishdan hech kim yutqazmaydi. Agar hamkorlik muvaffaqiyatsiz bo'lsa, klub bir yildan so'ng uni sotib yuborishi mumkin.

Mata joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 29ta uchrashuv o'tkazib, 5ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun