"Barselona" "Marsel"ning 19 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 13:20
"Barselona" "Marsel" yarim himoyachisi Maksime Lopes xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverdega 19 yoshli fransiyalikning o'yini yoqib qolgan. Ko'k-anorranglilar vakillari ayni damda yarim himoyachini kuzatishda davom etishmoqda. "Barselona" qishda Lopesni xarid qilishga urinib ko'rishi mumkin.

Maksime Lopes joriy mavsum Fransiya chempionatining 3ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com