

29 yoshli portugaliyalik futbolchining o'zi ham faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga qarshi emas. Silva 2017 yilda Monakodan Manchester Sitiga ko'chib o'tgan. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallagan.
Silvaning transfer narxi taxminan 80 millionga baholanmoqda. Biroq futbolchining shartnomasida yozda 50 million evroga ketishi mumkinligi to'g'risidagi band bor.
Ma'lumot uchun, Bernardu joriy mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.



