“Barselona” La Ligada 2 ta rekord o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
20 fev 2023, 08:35
Ispaniya chempionati 22-tur doirasida “Barselona” 2:0 hisobida “Kadis”ni mag'lub etdi.

Kataloniyaliklar La Liga mavsumining ushbu qismigacha bo'lgan davrda eng kam gol o'tkazgan jamoa sifatida musobaqa rekordini o'rnatdi. Bungacha “Barsa”ga 7 marta to'p kiritishgandi: “Real” – 3 ta, “Real Sosedad”, “Osasuna”, “Betis” va “Espanol” – bittadan.

Shuningdek, “ko'kanorranglilar” La Liga 22 turidan keyin 17 ta uchrashuvni “quruq” o'tkazib, bu borada ham rekord o'rnatishdi. Avvalgi eng yaxshi natija 1993/94 yilgi mavsum “Deportivo” tomonidan qayd etilgandi – 16 ta uchrashuvda darvoza dahlsizligi saqlab qolingan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports