"Barselona" La Liga rekordini o'rnatdi

18 may 2026, 09:35
"Barselona" Ispaniya La Ligasi tarixida mavsumning barcha o'yinlarini o'z maydonida g'alaba qozongan birinchi jamoa bo'ldi.

Joriy mavsumning so'nggi o'yinida kataloniyaliklar "Betis"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yin Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tdi.

Avvalroq hech bir jamoa Ispaniya La Ligasida bir mavsum davomida o'z maydonida birorta ochko yo'qotmasdan mavsumni yakunlagan emas.

Joriy mavsum "Barselona" La Ligada bitta durang va beshta mag'lubiyat qayd etdi. Barchasi safardagi o'yinlarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca