

Futbolchi "Chelsi" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida Kataloniya klubiga ko'chib o'tdi. Daniyalik himoyachi va "Barsa" o'rtasidagi kelishuv muddati 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Kristensenning klub bilan shartnomasida tovon puli 500 million evroni tashkil etadi. 7 iyul, payshanba kuni himoyachi Kataloniya klubi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Andreas 2012 yilda "Chelsi" takribiga kiritildi va 2014 yilda jamoadagi debyutini o'tkazdi. Klub bilan u Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Klublar o'rtasidagi jahon chempionati, Yevropa superkubogi, Angliya kubogi va liga kubogini qo'lga kiritdi.



