"Barselona" Kesseni xarid qilish fikridan qaytdi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022, 22:00
Kataloniya klubi yozda "Milan"ning ivuarlik yarim himoyachisi Frank Kesseni erkin agent sifatida qo'lga kiritish g'oyasidan voz kechdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi "Milan"ning shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifini rad etgan. 

"Barsa" futbolchining talablarni juda yuqori deb hisoblamoqda, chunki u asosiy tarkibning doimiy a'zosi bo'lmaydi.

Oldinroq yarim himoyachi uchun "Inter" va "Yuventus" da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.

Kesse joriy mavsumda A Seriyada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport