"Fulxem" "Barselona" futbolchisi uchun 22 million evro to'lashga tayyor

Alisher
16 noya 2022, 13:35
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kesse faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Fulxem" Kot-d'Ivuar terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Angliya klubi 25 yoshli ivuarlik uchun qishki transfer oynasida 22 million evro to'lashga tayyor.

Kesse joriy mavsum barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes