Ispaniya. "Barselona" bu mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2018, 01:40
Ispaniya chempionati doirasidagi "Barselona" - "Jirona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Kataloniya derbisining 19-daqiqasida hisob Lionel Messi tomonidan ochildi - 1:0. Birinchi taymning 35-daqiqasida hakam raqibning yuziga tirsagi bilan urgan "Barselona" himoyachisi Kleman Langlega qizil kartochka ko'rsatdi. VIDEO

Birinchi taym oxiri va ikkinchi taym boshida Kristian Stuani ikki bor ter Stegen qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib "Jirona"ni oldinga olib chiqdi - 1:2. 

10 kishi bo'lsa ham katta kuch bilan oldinga borgan maydon egalari 63-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Bo'ydor Pike boshi bilan to'p kiritdi - 2:2.



Barselona – Jirona 2:2  

23 sentyabr, 23.45, Kamp Nou

Gollar:
1:0 – 19 Messi, 1:1 – 45 Stuani, 1:2 – 51 Stuani, 2:2 – 63 Pike.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Koutino, 58), Buskets, Vidal (Rakitich, 58), Dembele (Umtiti, 46), Messi, Suares.

Jirona –    Bunu, Espinosa, Alkala, Xuanpe, Aday, Portu (Dumbiya, 85), Aleish Garsiya (Garsiya, 46), Granel (Duglas Luis, 72), Pons, Munesa, Stuani.

Ogohlantirishlar: Nelson Semedu (12), Artur (15), Stuani (16), Espinosa (39), Xuanpe (61), Alkala (68), Pike (81)

Chetlatish: Langle (35).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia