"Barselona" Jerar Pikening shartnomasidan tejalgan pulni Bernardu Silvaning xaridiga sarflashi mumkin

Alisher
5 noya 2022, 10:33
"Barselona" yozgi transfer oynasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng yana "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar himoyachi Jerar Pike bilan shartnoma bekor qilinishi ortidan kelgan pulni shunga yo'naltirishmoqchi.

Ispan "Barsa"dan shartnomasi yakunlanishiga ikki yil qolganda ketdi. Kataloniyaliklar bu bilan 50 mln evrodan ko'proq pul tejab qolishdi.

28 yoshli Silva ushbu mavsum "shaharliklar" safida 19ta o'yinda 2ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning "Man Siti" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es