"Barselona" hujumchisini MYUga sotishga tayyor!

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 18:40
Kataloniyaliklar yosh futbolchi uchun katta summa so'rashmoqda.

"Sunday Express" xabariga ko'ra, "Barselona" yosh vinger Ansu Fati uchun narx belgiladi.

"Manchester Yunayted" da'vogarlik qilayotgan 17 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "ko'k-anorranglilar" 100 million funt so'rashmoqda.

Oldinroq kataloniyaliklar shartnomada keltirilgan tovon puli - 355 million funtni to'lab qo'ysa, Fati istalgan vaqtda MYUga o'tishini ma'lum qilgandi.

Ushbu mavsumda Fati LaLiganing 17 o'yinida 5 gol va 1 assist qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sunday Express