"Barselona" hujumchisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2018
"Barselona" hujumchisi Malkom "Leonesa"ga qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvida (4:1) jarohat oldi.

Futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo'lim oxirida gol urishga muvaffaq bo'ldi. 88-daqiqada Malkom jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga ko'ra, forvard bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Malkomning safga qaytish muddati ma'lum emas. Joriy mavsum 21 yoshli futbolchi "Barselona" safida 9ta o'yin o'tkazdi va 2ta gol urdi.

Ayni damda "Barselona" tarkibida Luis Suares, Arturo Vidal, Rafinya, Samuel Yumtiti, Artur va Serxio Roberto jarohatini davolamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com