“Barselona” himoyachisi “Milan”ga o'tishga rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2020, 19:25
“Barselona” a'zosi Jan-Kler Todibo katta ehtimol bilan “Milan”ga o'tadi, deya xabar bermoqda “La Gazzetta dello Sport”.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi “rossonerilar” sport direktori Frederik Massara bilan transfer borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Endi, milanliklar “Barsa” bilan muzokara o'tkazishi qolgani aytilmoqda.

Todibo "Barselona"ga 2019 yil boshida "Tuluza"dan o'tgandi. Himoyachi joriy mavsum La Ligada 2ta, YCHLda esa 1ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport