"Barselona" himoyachisi jarohat tufayli necha hafta maydonga tusha olmaydi?

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 17:17
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen jamoasining navbatdagi bir nechta uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi.

Belgiyalik futbolchi "Betis"ga qarshi LaLiganing 20-tur uchrashuvida (5:0) shikastlangan edi.

Tibbiy ko'rik natijasida futbolchining sonida mushak jarohatlangani aniqlandi. "Barselona" rasmiy saytining ma'lum qilishicha, Vermalen safga qaytishi uchun 2 hafta kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia