"Barselona" himoyachisi Arauxo "Bornmut"ga o'tadi

Alisher
11 avg 2024
"Bornmut" o'z tarkibini "Barselona" himoyachisi Xulian Arauxo bilan kuchaytiradi.

Angliya klubi 22 yoshli meksikalik uchun 8 million funt to'laydi. Futbolchi 12 avgust kuni o'tishni yakunlash uchun Buyuk Britaniyaga uchishi kerak.

Arauxo "Barselona"ga 2023 yilning yanvarida kelgan. Himoyachi o'tgan mavsumni "Las-Palmas"da ijarada o'tkazdi. O'yinchi jamoa tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports