"Barselona" haligacha Messiga rasmiy taklif bermadi

Alisher
10 iyun 2021, 10:52
"Barselona" hali hujumchi Lionel Messiga yangi mehnat shartnomasi taklif etmadi.

Tomonlar hamkorlikni davom ettirish borasida muzokaralar o'tkazmoqda, ammo "ko'k-anorranglilar" hali rasmiy taklif tayyorlamadi.

33 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi joriy oyning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Agar tomonlar yangi shartnoma imzolashmasa, Messi faoliyatini boshqa Yevropa grandida davom ettiradi. O'yinchiga "Manchester Siti" va PSJ qiziqish bildirmoqda. Lionelda shuningdek MLS varianti ham bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca