“Barselona” Grizmanni uch klubga taklif qildi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2020, 20:40
Kataloniyaliklar Antuan Grizmanni boshqa klub futbolchisiga almashishni rejalashtirmoqda, deya yozadi jurnalist Paolo Paganini.

"Ko'kanorranglilar" rahbariyati fransiyalik forvardi uchta klubga PSJ, “Inter” va “Yuventus”ga taklif qilgan. Mutasaddilar Grizmanni Neymar, Lautaro Martines, Duglas Kosta va Adrien Raboga almashishga tayyor.

Avvalroq, Antuan uchun kurashga “Arsenal” qo'shilishi ham aytilgandi.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum La Ligada 32 bahsda qatnashdi va 8+5 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RAI Sport