"Barselona" Grizmann transferi borasida bir to'xtamga keldi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2019
"Barselona" klubi rahbariyati "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann transferi borasida yakuniy qarorni qabul qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yozda futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan Kataloniya klubi Grizmann transferidan butunlay voz kechdi. 2019 yilning yozida fransiyalikning tovon puli 120 mln. evro bo'ladi, bir yil o'tib bu narx 200 mln. evroga etadi.

28 yoshli Grizmann 2014 yil "Real Sosedad"dan "Atletiko"ga o'tgan edi. O'shanda "matraschilar" hujumchi uchun 30 mln. evro sarflagan. Fransiyalik joriy mavsum LaLiganing 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 12ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ManCity