"Barselona" Grizmann bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bilan uning Kataloniya klubiga o'tishi borasida og'zaki kelishuvga erishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bir necha hafta oldin boshlangan muzokaralar ancha siljib qolgan. Ko'k-anorranglilar keyinroq poytaxt klubi bilan muzokara o'tkazmoqchi.

2018 yilning yozidan boshlab Fransiya terma jamoasi futbolchisining tovon puli 100 mln. evro bo'ladi. Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10Sport