"Barselona" grandlarga mos ish qilmadi (foto+video)

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017, 16:56
24 oktyabr kuni "Barselona" Ispaniya Kubogi doirasida "Mursiya" klubi mehmoni bo'ldi.

O'yin 3:0 hisobida kataloniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Alkaser, Deulofeu va Arnaislarning goli "ko'k-anorranglilar"ga g'alaba keltirdi. Uchrashuvdan so'ng esa yoqimsiz holat yuz berdi. Ispan nashrlaridan biri bahs yakunlanganidan so'ng, "Barselona" kiyinish xonasiga kirdi va u yerdagi holatni suratga oldi. Videoda xona axlatga to'laligi, har joyda suv idishlari yotgani, meva bo'laklari sochilgani aks etgan.









TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail