"Barselona" futbolchisining agenti mijozi jamoadan ketishi mumkinligini tasdiqladi
Mirjalol Normatov
23 may 2018, 19:53
"Barselona" futbolchisi Aleysh Vidalning agenti David Garsiyaning ma'lumotiga ko'ra, mijozi Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o'tishi mumkinligini tasdiqladi.
"Ha, Vidal "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin", - deb tasdiqladi Garsiya.
Oldinroq uning xizmatlariga "Roma", "Atletiko", "Sevilya" va "Vilyarreal" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.