"Barselona" futbolchisi Neymarning jamoaga qaytmaganidan xafa emas

Alisher
5 sen 2019, 13:36
"Barselona" himoyachisi Kleman Lengle PSJ hujumchisi Neymar atrofidagi vaziyatga izoh berdi.

Kataloniyaliklar o'tgan yozda braziliyalik o'yinchini ortga qaytarishga harakat qilishdi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

"Neymar? Bu haqda juda ko'p gaplar bo'ldi. Bu klub uchun muammoli davr edi", - deydi Lengle.

"Oxir-oqibat barchasi yakun topdi. Endi bizga ishlash osonroq bo'ladi deb o'ylayman".

Eslatib o'tamiz, Langle "Barselona"ga o'tgan yilda "Sevilya"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif