"Barselona" futbolchisi JCH-2018ni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 may 2018, 11:13
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen "Levante"ga qarshi LaLiganing 37-tur uchrashuvida (4:5) jarohat oldi.

32 yoshli belgiyalik o'yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo 31-daqiqada almashtirildi.

Bu shikastlanish tufayli Vermalen Rossiyada o'tadigan jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va tez orada uning safga qaytish muddati e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com