"Barselona" Firponi yanvarda sotmoqchi

Alisher
14 noya 2020
"Barselona" qishki transfer oynasida himoyachi Xunior Firponi sotmoqchi.

O'yinchining xizmatlariga "Inter" va "Atalanta" klublari qiziqish bildirmoqda. Firpo joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasida umuman maydonga tushmadi.

Agar Firpo "Barsa"dan ketadigan bo'lsa, bosh jamoaning tarkibiga yoshlar jamoasining 17 yoshli himoyachisi Alexandro Balde kiritiladi.

"Barselona" murabbiylar shtabi Balbening jiddiy kelajagi borligiga aminlar va o'yinchining jamoaning asosiy tarkibi uchun kurashishini taxmin qilishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.