“Barselona” Fabian Ruisni sotib olishi mumkin

25 apr 2018, 23:58
“Betis” yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

“Barselona” futbolchini yozda sotib olmoqchi. Uning transfer narxi 30 million evroga teng. Mundo Deportivo nashriga ko'ra, 22 yoshli Ruis yozda Kataloniya klubidan ketishi kutilayotgan Andre Gomeshning o'rnini bosishi kutilmoqda.

Ruisning “Betis” bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo