"Barselona" Yevropa ligasi uchun kimlarni ro'yxatdan o'tkazdi?

Mirjalol Normatov
2 fev 2022, 23:45
"Barselona" matbuot xizmati Yevropa ligasi uchun ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, ushbu musobaqada himoyachi Dani Alves qatnashmaydi. Klub musobaqa uchun Ferran Torres, Adama Traore hamda Per-Emerik Obameyangni ro'yxatdan o'tkazdi.

Ro'yxatdan ushbu futbolchilar o'rin olgan: ter Stegen, Dest, Pike, Arauxo, Buskets, Puch, Dembele, Depay, Fati, Traore, Breytueyt, Neto, Langle, Pedri, Lyuk de Yong, Alba, Torres, Roberto, Frenki de Yong, Mingesa, Umtiti, Erik Garsiya, Obameyang, Niko Gonsales, Gavi, Balde, Sans, Komas, Tenas, Axomash, Astralaga, Xandro Orelyana.

Pley-offning dastlabki bosqichida "Barselona"ni "Napoli" kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona