Barselona Evro-2017 (U-21) musobaqasidan so'ng Deulofeuni qaytaradi

Narzulla Saydullayev
24 may 2017, 00:40
Milanda ijarada o'ynagan Everton yarim himoyachisi Jerar Deulofeu Barselonaga qaytadi.

Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchini 12 million evroga qayta sotib olish imkoniyatidan foydalandi. Deulofeu Barselonaga Polshada 16-30 iyun kunlari bo'lib o'tadigan Evro-2017 (U-21) musobaqasidan so'ng qo'shiladi.

Milan ustozi Vinchenco Montella bu ma'lumotni tasdiqlab shunday dedi: Istalgan futbolchini o'rnini to'ldirish mumkin.

Bu mavsumda Deulofeu 17ta o'yinda 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com