Barselona yetakchisi jarohat oldi. Navbatdagi o'yin Atletikoga qarshi

Khoja
16 dek 2024, 09:28
Kecha Barselona Leganesga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu uchrashuvda kataloniyaliklar yetakchisi Lamin Yamal jarohat oldi. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, futbolchi to'pig'idan jarohat olgan. Hozircha jarohat darajasi haqida ma'lumot berilmadi.

Ma'lumot uchun, Barselona navbatdagi uchrashuvini Atletikoga qarshi o'tkazadi.

Joriy mavsum Lamin Yamal 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com