"Barselona" Entoni Elangani ijaraga olmoqchi

Administrator
31 yanv 2023, 19:15
Kataloniya klubi "Manchester Yunayted" forvardi Entoni Elangani ijaraga olishga qiziqib qoldi.

"Ko'k-anorranglilar" ingliz klubi hujumchisini transfer oynasi yopilgunicha o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Klub Memfis Depay "Atletiko"ga qo'yib yuborilganidan keyin yana jamoaga hujumchi olish masalasini muhokama qilmoqda. Sababi Usman Dembele jarohat olgani tufayli 5 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'lgan edi. Transferlar davri tugagunga qadar markaziy yarimhimoya poziciyasini ham bir o'yinchiga boyitish ko'zda tutilgan. Biroq ispan klubi uchun hozircha biror hujumchini jalb qilish ustuvor bo'lib qolmoqda. 

O'tgan mavsumda "qizil iblislar" orasidan yorib chiqib o'tgan mavsumda ajoyib harkatlangan Elanga hozirda Erik ten Hag jamoasida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayapti.

Ma'lum qilinishicha, MYU Shvetsiya terma jamoasi vakili uchun 10 dan ortiq takliflar ogan. Unga qiziqish bildirgna klublar orasida "Borussiya" Dortmund, PSV va "Everton" jamoalarini ko'rish mumkin. Hozircha mankunianlar futbolchini qo'yib yuborish borasida aniq qarorga kela olmayapti. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Metro.co.uk