"Barselona" Destni qanchaga sotmoqchiligi ma'lum

Alisher
7 iyul 2022
"Barselona" himoyachi Serjino Destning sotuvidan kamida 20 mln evro ishlab olishmoqchi.

Amerikalik futbolchi Kataloniya klubi ustozi Xavining rejalariga kirmaydi. "Barselona" agar u bo'yicha talablariga mos taklif olsa, Dest bilan xayrlashishga tayyor.

Dest "Barselona"ga 2020 yilning oktyabrida "Ayaks"dan o'tgan edi. U Dani Alvesning o'rinbosari bo'lishi kerak edi, ammo u so'nggi paytlarda zaxira o'rindig'ida qolib ketdi.

Serjino o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru