

Kataloniyaliklar endi "Manchester Siti" hisobiga 800 ming evro o'tkazib berishi kerak. Bunga sabab - Suares 2013 yilda "Barselona"ga o'tayotganda kelishuvga quyidagi shart qo'shilgan:
Futbolchi "Barselona"ning asosiy jamoasida o'tkazgan har o'n (10) o'yini uchun klub "shaharliklar"ga 800 ming funt to'lab boradi va bu yuzta (100) bahsgacha davom etadi.
Kataloniya klubi 2013 yilda Denis Suaresni "Manchester Siti"dan 3,2 mln. evroga sotib olgan. Agar yarim himoyachi ko'k-anorranglilar safida 100ta o'yin o'tkazsa, "Barselona" umumiy qilib hisoblaganda "Siti" hisobiga 11,2 mln. evro o'tkazib bergan hisoblanadi.



