“Barselona” de Yong jarohati bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Nozimov Nig'monxo'ja
24 sen 2023, 10:05
“Barselona” yarim himoyachi Frenki de Yong “Selta”ga qarshi uchrashuvda jarohat olganidan so'ng kataloniyalik shifokorlar tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Tibbiy ko'rik natijasida ma'lum bo'lishicha, niderlandiyalik yarim himoyachining o'n oyoq to'pig'ida shikastlanish aniqlandi. Ushbu jarohat sababli 25 yoshli futbolchi yaqin 5-7 haftani futboldan tashqarida o'tkazishga majbur bo'ladi. 

Joriy mavsumda de Yong La Liga bahslarining barcha turida maydonga tushib, bitta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com