"Barselona", "Chelsi" va "Arsenal" braziliyalik futbolchi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022, 10:19
"Arsenal", "Barselona" va "Chelsi" klublari "Aston Villa" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Duglas Luisga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klublari va Kataloniya jamoasi qishki transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. "Sherlar" braziliyalik uchun kamida 46 million evro talab qilishmoqda.

24 yoshli Duglas Luis joriy mavsum "Aston Villa" safida 7 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football365