"Barselona" Buskets o'rniga Andrey Santosni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023, 14:21
"Barselona" "Chelsi" vakillari va yarim himoyachi Andrey Santos bilan ispan klubiga ehtimoliy transfer masalasida bog'landi, deb yozdi jurnalist Lukas Pedrosa.

Kataloniya sport direktori Deku 19 yoshli braziliyalik futbolchining ashaddiy muxlisi va bosh murabbiy Xavi uni Serxio Busketsning o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rmoqda. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda.

Santos 2022/23 yilgi mavsumda ijara asosida "Vasko da Gama"da o'ynadi va 11 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/pedrosa