"Barselona" Buffonga qiziqmoqda

Alisher
12 may 2021, 07:06
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Tajribali darvozabonga "Barselona" qiziqish bildirmoqda va ispan klubi o'yinchi bilan bog'landi. Qayd etish kerakki, Buffon bilan shartnoma imzolash Kataloniya klubiga Netoni sotishga imkon beradi.

Kecha "Yuventus" afsonasi mavsum so'nggida klubdan ketishini e'lon qildi. Qayd etish kerakki, u yangi klubi uchun tekinga tushadi.

43 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 7ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Footmercato